NevrologiyaRx (Retseptli)

Butafen 100

Dori shakli:Ichish uchun eritma tayyorlashga kukun 100 mg № 15 (paketchalar)
Kategoriya:Nevrologiya

Qo'llanilishi

Bolalarda: astenik va xavotirlik-nevrotik holatlar (bezovtalik, qo'rquv, xavotirlik; xayoldan ketmaydigan holatlar nevrozi, psixopatiya); duduqlanish, enurez, tiklarni davolash; jarrohlik aralashuvi yoki og'riqli diagnostik tekshiruvlar oldidan xavotirli holatlarini oldini olish; vestibulyar apparatning turli genezli disfunksiyasi bilan bog'liq bosh aylanishlari, chayqalishni oldini olish.

Tarkibi va Faol modda

Faol modda: Aminofenilmoy kislotasi
Tarkibi: Har bir o'ram tarkibida: faol modda — aminofenilmoy kislotasi gidroxloridi 100 mg; yordamchi moddalar — mannitol, aspartam, apelsin aromatizatori.

Dozalash va Qo'llash usuli

Dozalash: Bolalarda: 3 yoshdan 4 yoshgacha — 100 mg (1 o'ram) kuniga 2 marta; 5 yoshdan 6 yoshgacha — 100 mg kuniga 2–3 marta; 7 yoshdan 10 yoshgacha — 100 mg kuniga 3–4 marta; 11 yoshdan 14 yoshgacha — 200 mg (2 o'ram) kuniga 2–3 marta. Eng yuqori bir martalik dozalar: 6 yoshgacha — 100 mg, 7 dan 10 yoshgacha — 200 mg, 11 dan 14 yoshgacha — 300 mg. Davolash kursi — 2–6 hafta.
Qo'llash usuli: O'ram tarkibi 0,5 stakan iliq suvda eritiladi va ovqatdan oldin ichga qabul qilinadi.

Qarshi ko'rsatmalar

Faol moddaga yoki yordamchi moddalarga yuqori sezuvchanlik. Fenilketonuriya (kukun tarkibida shirin ta'm beruvchi aspartam saqlaydi). 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda preparatni qo'llash o'rganilmagan. Homiladorlik va emizish davrida qo'llash mumkin emas.

Saqlash va Qadoq

Saqlash sharoiti: Quruq joyda, 25°C dan yuqori bo'lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin. Yaroqlilik muddati — 2 yil.
Qadoq tavsifi: Dori shakli va qadoq: Ichish uchun eritma tayyorlashga kukun 100 mg № 15 (paketchalar)
PDF

Rasmiy tibbiy yo'riqnoma

Tasdiqlangan PDF yo'riqnoma • To'liq ma'lumotlar

Yo'riqnomani ochish (PDF)

Tibbiy ogohlantirish: Saytda keltirilgan barcha ma'lumotlar faqat tanishish maqsadida berilgan va shifokor maslahatini almashtira olmaydi. Dorini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va dori qutisidagi rasmiy yo'riqnoma bilan tanishib chiqing.

O'xshash preparatlar