AntibiotiklarRx (Retseptli)

Meropenem Avantika

Dori shakli:Inyeksiya uchun eritma tayyorlashga kukun 1000mg flakonlar
Kategoriya:Antibiotiklar

Qo'llanilishi

-pnevmoniya

- siydik chiqaruv yo'llari infeksiyasi

- peritonit 

- qorin bo'shlig'i infeksiyalari 

- meningit

- ginekologik infeksiyalar

Tarkibi va Faol modda

Faol modda: MEROPENEM
Tarkibi: MEROPENEM

Dozalash va Qo'llash usuli

Dozalash: 1000 mg
Qo'llash usuli: Qo'llanilishi va dozalari: Kattalar uchun: Tomir ichiga, pnevmoniya, siydik chiqaruv yo'llari infeksiyalari, ginekologik infeksiyalar (endometrit), teri va teri tuzilmalari infeksiyalarini davolashda har 8 soatda 1 g. Nozokomial pnevmoniya, peritonit, neytropeniya simptomlari bo'lgan bemorlarda bakterial infeksiyadan gumon qilinganda, septitsemiyani davolashda har 8 soatda tomir ichiga 1 g. Meningitni davolashda tavsiya etilgan doza har 8 soatda 2 g ni tashkil etadi. Ba'zi infeksiyalarni, xususan, kamroq sezuvchan qo'zg'atuvchilar (Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp. kabi) tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni yoki juda og'ir infeksiyalarni davolashda tavsiya etilgan doza har 8 soatda 2 g gacha bo'ladi. Bolalar uchun: 3 oydan 12 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun tomir ichiga yuboriladigan tavsiya etilgan doza infeksiyaning turi va og'irligiga, patogen mikroorganizmning sezuvchanligiga va bemorning holatiga qarab har 8 soatda 10-20 mg/kg ni tashkil etadi. Tana vazni 50 kg dan ortiq bo'lgan bolalarda kattalar uchun dozalardan foydalanish kerak. Meningitda tavsiya etilgan doza har 8 soatda 40 mg/kg ni tashkil etadi. Ba'zi infeksiyalarni, xususan, kamroq sezuvchan qo'zg'atuvchilar (Enterobacteriaceae, Pseudomonas aeruginosa, Acinetobacter spp. kabi) tomonidan chaqirilgan infeksiyalarni yoki juda og'ir infeksiyalarni davolashda tavsiya etilgan doza har 8 soatda 40 mg/kg gacha bo'ladi.

Qarshi ko'rsatmalar

Qarshi ko'rsatmalar: Anamnezda meropenem yoki boshqa karbapenem guruhi preparatlariga nisbatan gipersezuvchanlik. Beta-laktam tuzilishiga ega bo'lgan har qanday antibakterial vositaga (ya'ni penitsillinlar yoki sefalosporinlarga) nisbatan kuchli gipersezuvchanlik (anafilaktik reaksiyalar, og'ir teri reaksiyalari). 3 oygacha bo'lgan bolalar. Homiladorlik va emizish davrida qo'llash: Meropenem homiladorlik davrida, onaga bo'ladigan potensial foyda homilaga bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan yuqori bo'lgan holatlar bundan mustasno, qo'llanilmasligi kerak. Emizish davrida Meropenemni qo'llashdan onaga bo'ladigan potensial foyda bolaga bo'lishi mumkin bo'lgan xavfdan yuqori turadi.

Saqlash va Qadoq

Saqlash sharoiti: Saqlash shароitlari: Yorug'likdan himoyalangan joyda, 30°C dan oshmaydigan haroratda saqlang.
Qadoq tavsifi: Dori shakli va qadoq: Inyeksiya uchun eritma tayyorlashga kukun 1000mg flakonlar
PDF

Rasmiy tibbiy yo'riqnoma

Tasdiqlangan PDF yo'riqnoma • To'liq ma'lumotlar

Yo'riqnomani ochish (PDF)

Tibbiy ogohlantirish: Saytda keltirilgan barcha ma'lumotlar faqat tanishish maqsadida berilgan va shifokor maslahatini almashtira olmaydi. Dorini qo'llashdan oldin shifokor bilan maslahatlashing va dori qutisidagi rasmiy yo'riqnoma bilan tanishib chiqing.

O'xshash preparatlar